19:33 / 30.07.2015
2983

International Champions Cup-2015: "Real" "Milan"ni penaltilar seriyasida 10:9 hisobi bilan mag‘lub etdi

30 iyul kuni International Champions Cup-2015 turniri doirasida Madridning "Real" jamoasi Shanxay shahrida "Milan"ga qarshi o‘rtoqlik maqomidagi uchrashuvni o‘tkazdi.

O‘yinning asosiy vaqtida hisob ochilmay qoldi.

O‘yindan keyin belgilangan penaltilar seriyasida esa madridliklar omadliroq chiqishdi. "Real" futbolchilari 10 marta aniq zarba yo‘llab, g‘alaba qozonishdi.

"Real" jamoasida jarima zarbalari ustasi Kroos 11 metr masofadan gol ura olmagan bo‘lsa, "Milan" tarkibida hujumchi Bakka va darvozabon Donarumma xato qildi.

Real - Milan 0:0 (penaltilar bo‘yicha 10:9)

«Real»: Navas (Kasilya, 46), Varan (Ramos, 46), Pepe (Nacho, 71), Danilo (Karvaxal, 71), Arbeloa (Marselo, 71), Kazemiro, Vaskes (Isko, 46), Modrich (Kroos, 46), Beyl (Cherishev, 71), Ronaldu (Rodriges, 71), Benzema (Xese, 46).

«Milan»: Lopes (Donnarumma, 74), De Shilo (Kalabriya, 74), Aleks (Mekses, 46, Matri, 90), Eli (Sapata, 46), Antonelli (Paletta, 74), Poli (Montolivo, 46), de Yong, Bertolachchi (Mauri, 46), Suso (Xonda, 46), Nyang (Bakka, 46), Cherchi (Adriano, 46).

Top