21:22 / 30.07.2015
3596

iOS operatsion tizimida ishlovchi qurilmalarda MYGOV UZ dasturi bilan ishlash imkoniyati paydo bo‘ldi

UZINFOCOM markazi buyurtmasi bilan Global Solutions kompaniyasi iOS operatsion tizimida ishlovchi qurilmalarga ega foydalanuvchilar e'tiboriga Yagona interakqtiv davlat xizmatlari portali bilan ishlovchi yangi “My Gov” dasturini havola etdi.

Ushbu dastur davlat tashkilotlari tomonidan taqdim etiladigan interaktiv davlat xizmatlari bilan ishlashga mo‘ljallangan xizmat hisoblanadi. Dastur yordamida foydalanuvchi o‘zini qiziqtirayotgan savol bo‘yicha u yoki bu tashkilotga ariza yoki shikoyat berishi mumkin.
Dasturdan faqatgina jismoniy shaxslar foydalana olishlari mumkin. Bir vaqtning o‘zida 4 ta tashkilotga ariza topshirish mumkin. Arizalar ham bir tomonlama, ham ikki tomonlama topshirilishi mumkin. Bundan tashqari, murojaatlarni sharhlash va davlat tashkilotining javoblarini baholash imkoni mavjud.

Top