09:09 / 30.07.2015
3286

Jahon banki 2015 yilda Ukrainaga 2 mlrd dollar taqdim qilmoqchi

Jahon banki joriy yilda Ukrainaga 2 mlrd dollar miqdorida moliyaviy yordam ko‘rsatmoqchi. Bu haqda Jahon bankining Ukraina, Belarus va Moldova masalalari bo‘yicha direktori Chimyao Fan ma'lum qildi.

“Oxirgi 14 oy ichida Jahon banki Ukrainaga ajratilayotgan yordamni ancha oshirdi. Agar u Ukrainaga avvallari yiliga 300-400 mln dollar ajratgan bo‘lsa, 2015 yilda 2 mlrd dollar ajratmoqchi”, deb ta'kidladi Chimyao Fan.

Uning aytishicha, bank moliyaviy ko‘mak ko‘rsatishdan tashqari, “islohotlarni monitoring qilishning Doing Business deb ataluvchi biznesni yuritish yengilligi reytingining ko‘rgazmali instrumentini ishlab chiqdi”.

“Afsuski, oxirgi tadqiqotlar xursand qiladigan darajada emas: o‘tgan yili Ukraina reytingda 96-o‘rinni egallagan va Belarus, Moldova va Rossiyadan keyin eng yomon ko‘rsatkichga ega bo‘ldi”, deydi Fan.

Top