18:45 / 30.07.2015
1929

Jyeremi Klarkson Amazon`da ishlaydi

Top Gear ko‘rsatuvining sobiq ijodkorlari Jyeremi Klarkson, Richard Xammond va Jyeyms Mey Amazon Instant Video bilan shartnoma imzolashdi va yaqin vaqt ichida avtomobillar haqidagi yangi teleshou bo‘yicha ish boshlashadi. Bu haqda Klarkson o‘z tvitterida ma'lum qilgan.

Yangi shou keyingi yilning boshidan efirga chiqishi va uni muxlislar Amazon internet kanali orqali kuzatishi rejalashtirilgan.

"Men hozir o‘zimni eski aravadan kosmik kemaga o‘tgandek his qilyapman", deydi Klarkson The Guardian nashriga bergan intervyusida o‘z taassurotlari haqida gapirib.

Eslatib o‘tamiz, Klarkson 2015 yilning martida "Bi-bi-si" kanalida prodyusor bilan muammoga duch kelib, ishdan haydalgan edi. Shundan so‘ng, uning yordamchilari Richard Xammond va Djyeyms Mey ham loyihani tark etishgan.

Top