00:32 / 30.07.2015
2261

Joze Mourinyu: “Bosimni uddalash borasida futbolchilar tennischilardan o‘rnak olsa bo‘ladi”

Tennisni yaxshi ko‘rishi bilan tanilgan “Chelsi” bosh murabbiyi Joze Mourinyu futbolchilarni tennischilar bilan solishtirdi.

“Men tennisni juda yaxshi ko‘raman va tennichsilarni juda hurmat qilaman, chunki ularning ishida fizika va texnikaning o‘zi yetarli emas, ehtimol tennisda eng asosiysi – psixologiyadir.

Raqibga qarshi birga-bir o‘ynash jamoa bo‘lib o‘ynashdan ko‘ra murakkabroq. Sen kortda bir o‘zing bo‘lganingda, o‘zingning muvaffaqiyatlaring va muvaffaqiyatsizliklaring uchun o‘zing javobgarsan.

Futbolchilar tennischilardan bu katta bosimni uddalay olish qobiliyatini o‘rgansalar arziydi va men buni o‘zimning sportimga olib kirmoqchiman”, deb aytmoqda Mourinyu.

Top