09:48 / 30.07.2015
2874

Morgan Friman Eron bilan kelishuvni ma'qullashga chaqiruvchi videorolikda suratga tushdi

AQShlik aktyorlar, sobiq diplomatlar va maxsus xizmatlarning faxriy xodimlari AQSh kongressini Eron yadroviy dasturi bo‘yicha kelishuvni iloji boricha tezroq ma'qullashga undashmoqda, deb xabar bermoqda AQSh OAVlari.

“Bu kelishuvsiz biz oxir-oqibat Eron bilan xavfli, uzoq davom etuvchi va qimmatbaho hamda ko‘plab odamlarning hayotiga zomin bo‘luvchi Yaqin Sharqdagi yana bitta urushga kirishimiz mumkin”, degan so‘zlarni aytdi Global Zero tashkiloti tomonidan yaratilgan uch daqiqalik rolikda AQShlik mashhur aktyor Morgan Friman.

Frimandan tashqari ushbu rolikda aktrisa Natasha Layonn, Markaziy razvedka boshqarmasining sobiq xodimasi Valeri Pleym va AQShning Moskvadagi sobiq elchisi Tomas Pikering ham ishtirok etdi.

Top