10:19 / 30.07.2015
2863

O‘zbekistonda nanotexnologiyalardan muvaffaqiyatli ravishda foydalanilmoqda

O‘zbekistonning o‘n minglab aholisi O‘zbekistonda nanotexnologiyalar asosida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlardan, jumladan, bakteritsid va davolash xususiyatini berish maqsadida kumush nanozarralari qo‘shilgan bir qator gigiyenik vositalardan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lishmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Yadro fizikasi instituti katta ilmiy xodimi Renat Haydarovning ma'lum qilishicha, 2014 yilda Respublika ixtisoslashtirilgan dermatologiya va venerologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida olib borilgan klinik sinovlar ishlab chiqarilayotgan kumush nanozarralari eritmalari yallig‘lanishli teri kasalliklari, jumladan ekzema, kontakt dermatit, mikoz va boshqalarda yordam berishini ko‘rsatdi.

Nanotexnologiyalardan elektronika, biologiya, tibbiyot, energetika, materialshunoslik va boshqa sohalarda foydalaniladi. Ular yordamida sement, keramika, metall qotishmalar, lak-bo‘yoq va boshqa noyob materiallar ishlab chiqariladi. Oxirgi yillarda kumush, uglerod, mis, titan va boshqa elementlarning nanozarralarini sintez qilish uchun energiya sig‘imdor bo‘lmagan texnologiyalar va qurilmalar ishlab chiqilgan.

O‘zbekiston korxonalari bu texnologiya va qurilmalardan mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirish yo‘lida keng foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lmoqda.

Top