20:05 / 30.07.2015
14395

Qozog‘iston Orol dengizini qutqarishda Irtish daryosidan foydalanishni rejalashtirmoqda

Orol dengizini qutqarishda Irtish daryosining bir qismidan foydalanish taklif qilinmoqda. Bu haqda Qozog‘iston energetika vazirligi huzuridagi “Yevrosiyo suv markazi” ishlab chiqarish-jamoatchilik uyushmasi bosh direktori o‘rinbosari Lyudmila Shabanova ma'lum qildi

Shabanovaning aytishicha, Oqmola viloyati suv zaxiralari Orol dengizini to‘yintirishni ta'minlaydi.

“Ushbu muammoni Orol to‘g‘onining o‘zigina bilan hal qilib bo‘lmaydi. Buning uchun yuklangan turdagi suv ombori qurish kerak, ya'ni u yerda butun yil davomida suvni ushlab turmay, faqatgina bahorgi yog‘ingarchilikda suvni to‘plab, to‘plangan suvni sug‘orish va boshqa ehtiyojlarga ishlatish kerak. Yana bir yo‘nalish Shimoliy Orol jomini to‘ldirish, ya'ni Irtish daryosi irmog‘ining bir qismini u yerga tashlash kerak. Buning uchun Ostona magistral kanalini qurish kerak”, deb aytmoqda Shabanova.

Olimlarning rejalariga ko‘ra, Yesil va Derjavinsk shaharlari orasida Yesil suv omborini qurish kerak. Bu suv ombori Shimoliy Qozog‘iston viloyatining barqaror rivojlanishi uchun zarur bo‘lgan suv va energetika ehtiyojlarini ta'minlaydi. Bundan tashqari, Yesil suv omborining suvlari yaqin yillarda Shimoliy Orol jomini o‘tgan asrning 60-yillaridagi holatiga qaytarish imkonini beradi. Buning uchun suv omboridan To‘rg‘ay daryosigacha 60 km lik kanal qurish kerak va bu daryo o‘zanini Shimoliy Orol bilan birlashtirish kerak.

Top