00:55 / 30.07.2015
1820

«Real» Ramos bilan 2020 yilgacha shartnomani uzaytirish bo‘yicha kelishib oldi

Madridning “Real” klubi himoyachisi Serxio Ramos klub bilan shartnomani uzaytirishga rozi bo‘ldi, deb xabar bermoqda Marca nashri.

Yangi kelishuv muddati 2020 yil yozida tugaydi.

Shartnomaning uzaytirilishi 23 avgustda rasman e'lon qilinadi.

Avvalroq Ramos yaxshilangan shartnoma bo‘yicha “Real”da yiliga 9 mln yevro maosh olishi ma'lum qilingandi.

Bundan avval Ramosga “Manchester Yunayted” qiziqish bildirayotgan edi.

Top