16:29 / 30.07.2015
3598

Rossiya Qozog‘istondan qo‘y va echki olib kirishga cheklov o‘rnatdi

Rosselxoznadzor Qozog‘istondan qo‘y va echki, shuningdek, ularning sutidan tayyorlanadigan mahsulotlarni Rossiya hududiga olib kirishga vaqtinchalik cheklov o‘rnatdi. Bu haqda idoradagi manbaga tayangan holda TASS agentligi xabar bermoqda.
Vaqtinchalik taqiq ostiga tushgan mollar ro‘yxatiga turli yemlar, ularning terisi va mo‘ynasidan ishlangan xom ashyo va buyumlar, ularni saqlashga mo‘ljallangan asbob-uskunalar ham kiradi.
Sabab sifatida Qozog‘istonning bir qator viloyatlarida qo‘y va echkilarning qora chechak kasaliga yo‘liqayotgani ko‘rsatilmoqda.

Top