00:07 / 30.07.2015
6102

Rossiyalik xakerlar Oq uy kompyuter tizimiga buzib kirish uchun Twitter’dan foydalanganlari ma'lum bo‘ldi

Rossiyalik xakerlar AQSh Oq uy kompyuter tizimiga Twitter’da virus tarqatish bilan kirishga muvaffaq bo‘lganlar, deb aytilmoqda “Interfaks” axborot agentligida.

FireEye tadqiqot kompaniyasi mutaxassislarining fikricha, jinoyatchilar ushbu uslubdan kompyuter tizimlarini ketma-ket zararlash uchun foydalanganlar. FireEye o‘zining bu xulosalari haqida AQSh huquq-tartibot muassasalariga ma'lumot berganini ta'kidlamoqda.

Joriy yilning aprelida rossiyalik xakerlar Oq uy kompyuter tizimini buzib kirganlikda gumon qilingan edilar. O‘shanda jinoyatchilar maxfiy ma'lumotlarga kira olmaganlar, biroq tizimning AQSh prezidenti Barak Obamaning oshkor etilmaydigan jadvali detallari real vaqt davomida yangilanib turiladigan bir qismini buzib kirganlar.

Top