20:48 / 30.07.2015
4200

Sankt-Peterburgda o‘zbekistonlik ayol o‘z farzandini ko‘mib qo‘ygani haqidagi xabari tekshirilmoqda

Sankt-Peterburg politsiyachilari 29 yoshli ayolning go‘yoki o‘zining farzandini ko‘mib qo‘ygani haqidagi xabarini tekshirmoqdalar.

O‘zbekistonlik ayol 29 iyul kuni tug‘ruqdan keyin Maliy Balkan ko‘chasidagi tug‘ruqxonaga tibbiy yordam so‘rab murojaat qilgan. Uning yonida yangi tug‘ilgan chaqalog‘i bo‘lmagan. Shifokorlarning bola qayerdaligi haqidagi savollariga ayol uni Sofiya ko‘chasidagi masjid yonida ko‘mib qo‘yganini aytgan. Ayol aniq manzilni aytishga qiynalgan.

Ayni paytda Ichki ishlar vazirligi bosh boshqarmasi bu xabarni tekshirmoqda. Taxmin qilinishicha, ayol Salova ko‘chasidagi masjidni nazarda tutgan.

Top