11:16 / 30.07.2015
1945

Toshiba yangi prezident nomzodini aniqlashtirib oldi

OAVlar ma'lumotlariga ko‘ra, Yaponiyaning Toshiba kompaniyasi moliyaviy mojaro oqibatida bo‘shatib yuborilgan kompaniyaning sobiq prezidenti Xisao Tanaki o‘rnini egallovchi yangi prezident nomzodini aniqlashtirib oldi.

Reuters axborot agentligining ma'lum qilishicha, Toshiba xodimlar siyosati qo‘mitasi Masasi Muromati nomzodini kompaniya prezidenti lavozimiga taklif qildi. Ayni payda Muromati kompaniyaning prezidenti va bosh direktori lavozimlarini vaqtinchalik bajarib kelmoqda.

Ma'lumot uchun, bir hafta avval Xisao Tanaka auditorlik tekshiruvi u va boshqa ba'zi top-menejyerlar 6 yil davomida moliyaviy hisobotni shakllantirishda ko‘p sonli qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yganlarini aniqlagandan keyin iste'foga ketishini aytgan. Buxgalteriya hisob-kitoblariga aralashish yo‘li bilan kompaniya daromadi 1,2 mlrd dollarga ko‘paytirib aytilgan.

Asahi Daily nashrining ma'lumotlariga ko‘ra, 2015 yil sentabrda Toshiba aksiyadorlarining navbatdan tashqari yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi va unda kompaniyaning kelgusi ishlari rejasi ma'lum qilinishi rejalashtirilmoqda.

Qayd etilishicha, Masasi Muromati Toshiba rahbari lavozimiga ishonchli va loyiq nomzod hisoblanadi. Bundan tashqari, Muromati kompaniyani moliyaviy firibgarliklar sababli tark etishga majbur bo‘lgan kamida 8 nafar hamkasbi kabi bunday firibgarliklarga aloqasi yo‘q nomzod hisoblanadi.

Top