09:34 / 30.07.2015
1710

"Vest Xem" va "Everton" "Barselona B" yarim himoyachisi Xalilovich uchun 10 mln yevro taklif qilishdi

"Barselona B" jamoasining xorvatiyalik yarim himoyachisi Alen Xalilovich klubni trak etishi mumkin. Bu haqda El Mundo Deportivo nashri xabar bergan.

Uning xizmatlariga Londonning “Vest Xem” hamda Liverpulning “Everton” jamoalari tomonidan qiziqish mavjudligi aytilgan.

Xabardan ma'lum bo‘lishicha, ingliz klublari Xalilovichning transferi uchun 10 million yevro sarflashga tayyorligini bildirishgan.

Qayd etish joizki, “Vest Xem”ning ayni paytdagi bosh murabbiyi Slaven Bilich yosh futbolchining vatandoshi hisoblanadi va bu omil ushbu kurashda qo‘l kelishi mumkin.
“Everton” esa avvalroq Kataloniya jamoasidan Jyerar Delofeuni sotib olgan va kataloniyaliklar bilan yaxshi munosabatlar o‘rnatgan.

Top