07:47 / 31.07.2015
2420

AQSh Davlat departamentida Jon Kerri va Sergey Lavrovning uchrashuvini o‘tkazishga tayyorlanishmoqda

30 iyul kuni AQSh Davlat departamenti vakili Mark Toner o‘tkazilgan brifing chog‘ida Davlat kotibi Jon Kerri va Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov o‘rtasida o‘tkazilishi haqida ma'lum qildi.

"Menimcha, bu uchrashuv Doha shahrida, 3 avgust kuni o‘tkaziladi", dedi Toner jurnalistlardan birining savoliga javob qaytarib.

Uning qo‘shimcha qilishicha, bu uchrashuvda tomonlar Eron, Suriya, Ukraina va boshqa hududlardagi dolzarb vaziyatlarni muhokama qilishadi.

Top