16:59 / 31.07.2015
3091

Bloomberg neft narxining tushishda davom etishini bashorat qildi

Iyul oyida neft yil boshidan buyon eng past narxlarga ega bo‘ladi. Bu haqda Bloomberg agentligi ma'lum qilmoqda.

Aytilishicha, talabning tushib ketishi va taklif qilinayotgan mahsulotning ko‘pligi narxlarning yanada tushishiga olib keladi. Ayni paytda AQShda neft xom ashyosi zaxiralari oxirgi besh yildagidan 100 mln barrelga ko‘proqdir. Bundan tashqari, Xitoy iqtisodiyotining o‘sib borishi ham narxlarga jiddiy ta'sir ko‘rsatmoqda.

Fat Prophets tahlilchisi Devid Lennokning ta'kidlashicha, Xitoy fond birjasining qulashi investorlarning ishonchi yo‘qolishiga olib keldi. Natijada xom ashyo mollarning ko‘plarida tushish sodir bo‘ldi.

Top