13:14 / 31.07.2015
2518

Buxoroning qishloqlaridan birida elektr transformatori o‘g‘irlab ketildi

Buxoroning qishloqlaridan birida elektr transformatori o‘g‘irlab ketildi. Bu haqda IIV matbuot xizmati xabar bermoqda.
Aytilishicha, viloyatning Peshku tumanidagi qishloqlardan birida chiroq o‘chib qolgan. Odamlar biror avariya kelib chiqqan deb o‘ylab, ertalabgacha kutishgan. Ammo chiroq yonmagach, ular tekshirish uchun transformator oldiga borishgan. Shunda uning o‘g‘irlab ketilgani aniqlandi.
Bu borada tegishli organlarga murojaat qilindi. Tezkor tadbir davomida transformatorni o‘g‘irlab ketgan shaxs qo‘lga olindi.

 

Top