16:13 / 31.07.2015
2722

Davlat byudjyetidan “O‘zbekkino” milliy agentligiga 10 milliard so‘m ajratilgan

30 iyul kuni Toshkentdagi matbuotchilar uyida “O‘zbekkino” milliy agentiligining “Milliy kinematografiya san'atining rivojlantirish muammolari va istiqboldagi rejalar” mavzusida konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda qatnashchilar tomonidan “O‘zbekkino” milliy agentligining filmlarga qancha pul ajratilishi haqida savol berildi.

Ma'lum bo‘lishicha, bu yil davlat byudjyetidan “O‘zbekkino” milliy agentligiga 10 milliard so‘m ajratilgan. Davlat buyurtmasiga binoan suratga olinayotgan filmlarning har biri uchun kamida 500 million so‘m sarflanishi aytildi. Xususan, yangi suratga olinayotgan “Oyqiz ertagi” nomli bolalarga mo‘ljallangan film uchun 1 milliard 600 million so‘m pul ajratilgan.

Top