00:38 / 31.07.2015
2625

Yevropa Ligasining 3-saralash raundida “Krasnodar” “Slovan”ni, “Rubin” “Shturm”ni mag‘lub etdi

Rossiyaning “Krasnodar” futbol klubi Yevropa Ligasining 3-saralash raundida o‘z maydonida Bratislavaning “Slovan” klubi ustidan 2:0 hisobida g‘alaba qozondi. Uchrashuv “Kuban” stadionida bo‘lib o‘tdi.

Slovakiyalik mehmonlar darvozasiga birinchi to‘p tanaffusga hushtak chalinishi oldidan kiritildi. Andreas Grankvist kallasi bilan darvoza to‘rini aniq nishonga oldi. Krasnodarliklar 2-taymning 59-daqiqasida Pavel Mamayev tomonidan aniq amalga oshirilgan 11-metrlik jarimadan so‘ng hisobni 2:0 ko‘rinishiga keltirdilar.

Shu raund doirasida Qozonning “Rubin” jamoasi mehmonda Avstriyaning “Shturm” jamoasi ustidan 3:2 hisobida g‘alaba qozondi.
Uchrashuvning 14-daqiqasida Maksim Kanunnikov hisobni ochdi, 21-daqiqada mezbonlar Donis Afdiyayning goli hisobiga muvozanatni tenglashtirdilar. Qozonliklar 5 daqiqadan keyin yana oldingi chiqib oldilar – Qo‘kdeniz Qoradeniz 11-metrlik jarima to‘pini aniq amalga oshirdi.

56-daqiqada qozonliklar darvozaboni Sergey Rijikov raqib jamoa futbolchisi Zimon Pizingerning to‘pini qaytara olmadi va hisob yana tenglashdi. O‘yindagi g‘alaba to‘pini 62-daqiqada Igor Portnyagin kiritdi.
69-daqiqadan keyin mezbon jamoa 10 kishi bo‘lib harakatlanishiga to‘g‘ri keldi – Afdiyay ikkinchi sariq kartochka olgandan keyin o‘yindan chetlatildi.

Javob uchrashuvlari 6 avgustda bo‘lib o‘tadi.

Yevropa ligasi
Saralashning 3-raundi
Dastlabki o‘yinlar
Krasnodar – Slovan 2:0 (1:0, 1:0)
Gollar: 1:0 – 45 Grankvist, 2:0 – 59, penalti Mamayev.
Krasnodar – Dikan, Sigurdsson, Grankvist, Yendjyeychik, Kaleshin, Gazinskiy (Strannberg, 81), Mamayev (Ahmedov, 68), Pereyra, Smolov (Laborde, 62), Vanderson, Ari.
Slovan – Muxa, Kotula, Gudak, Sekulich, Salata, Gonsales (Shtefanik, 80), Podani, Milinkovich, Vittek, Zrelak (Kubik, 73), Mesarosh (Orshula, 60).
Ogohlantirishlar: Mamayev (56).

Shturm – Rubin 2:3 (1:2, 1:1)
Gollar: 1:0 – 14 Kanunnikov, 1:1 – 21 Avdiyay, 1:2 - 25 Karadeniz (penalti), 2:2 - 56 Pizinger, 2:3 - 61 Portnyagin.

Top