16:03 / 31.07.2015
5236

Komiljon Rasulov nomzodi Navoiy viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari lavozimi uchun ma'qullandi

Xalq deputatlari Navoiy viloyat Kengashining navbatdan tashqari oltinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda «Do‘stlik bayrog‘i» nashri xabar qildi.

Navoiy viloyati hokimi, xalq deputatlari Navoiy viloyati Kengashi raisi Erkinjon Turdimov boshqarib borgan sessiyada deputatlar, korxona va tashkilot rahbarlari, tuman va shahar hokimlari hamda OAV vakillari ishtirok etgan.

Kun tartibida tashkiliy masala ko‘rib chiqilgan. Viloyat hokimining kapital qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik va obodonlashtirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimiga shu vaqtga qadar NKMK DK Bosh direkto­rining o‘rinbosari vazifasida ishlab kelayotgan Rasulov Komiljon Ismoilovich nomzodi taklif qilingan. Ko‘rsatilgan nomzod deputatlar tomonidan bir ovozdan ma'qullangan.

Sessiya yakunida ko‘rilgan masala yuzasidan tegishli qaror qabul qilingan.

Top