21:06 / 31.07.2015
9259

Musulmon mamlakatlari kuchli uchlikda

Sayyohlik sohasi bo‘yicha faoliyat yurituvchi dunyoga mashhur Travel Leisure jurnali xalqaro miqyosdagi eng yaxshi aviakompaniyalar reytingini e'lon qildi, deb yozadi muslim.uz portali. Bu yil eng yaxshilar qatoriga jami 39 ta aviakompaniya kiritildi. Ularni saralashda xizmat sifati va narxlarning hamyonbopligiga alohida e'tibor qaratildi. Mazkur reytingda, dastlabki o‘ntalikni lyuks xizmatini ko‘rsatuvchi aviakompaniyalar egalladi.
Jumladan, birinchi o‘rinni Singapore Airlines o‘zining yuqori darajadagi xizmat sifati bilan qo‘lga kiritgan bo‘lsa, ikkinchi pog‘onani, sharqona toamlari hamda samolyot bortidagi yuvinish (dush) xonalari bilan diqqatni tortuvchi Emirates Airline va nihoyat uchinchi o‘rinni esa, to‘g‘ridan to‘g‘ri samolyot bortida tayyorlanuvchi issiq taomlari va alohida xizmatlari bilan Qatar Airways qo‘lga kiritdi.
Eslatib o‘tamiz, mazkur reytingdagi dastlabki uchta faxrli o‘rinni musulmon davlatlarining aviakompaniyalari egalladi.

Top