16:07 / 31.07.2015
1985

Mutko: Slutskiy va Borodyuk Rossiya terma jamoasi murabbiyligi uchun asosiy nomzodlar bo‘lib turishibdi

Leonid Slutskiy va Aleksandr Borodyuk Rossiya terma jamoasi bosh murabbiyligi uchun nomzod sifatida qaralmoqda. Bu haqda Rossiya sport vaziri Vitaliy Mutkoga tayanib TASS axborot agentligi xabar tarqatdi.

«Slutskiy, Borodyuk – asosiy nomzodlar ekanini tushunarli. Keling, dushanba kuniga qadar shoshmay turaylik. Men butunlay boshqa masalalardan ozod murabbiyni xohlayman. U bizni Yevropa chempionatiga olib chiqishiga ishontira olishi kerak. Bizda o‘rta saviyadan yuqori bo‘lgan futbolchilar bor. Biroq ularning ishontirish va ruhlantirish kerak», deydi Mutko.

Slutskiy TsSKAda 2009 yilning oxiridan boshlab ishlab kelmoqda. Uning rahbarligida jamoa ikki martadan Rossiya chempionligi va Rossiya kubogini qo‘lga kiritgan. Shuningdek u ikki marta Rossiyaning eng yaxshi murabbiyi sifatida e'tirof etilgan. Borodyuk esa 2002 yildan Rossiya terma jamoasi safida mehnat qilib keladi. 2005 yilda u yoshlar terma jamoasi bosh murabbiyi sifatida ishlagan. Shuningdek o‘sha yildan u Guus Xiddinkka yordamchi murabbiy vazifasini ham bajargan va bu lavozimda 2012 yilga qadar faoliyat olib borgan. 2006 yilda u ma'lum muddat bosh murabbiy vazifasini bajaruvchi sifatida ishlagan. Uning oxirgi ish joyi esa Moskvaning «Torpedo» jamoasi bo‘lib, 2014 yilning yozida murabbiy bu jamoa bilan xayrlashgandi.

Shuningdek vazir «Spartak» bosh murabbiyi Dmitriy Alenichev Rossiya terma jamoasini boshqara olishi mumkinligini ta'kidlab o‘tdi. «Alenichev, Dmitriy Xoxlov va Andrey Kobelev Rossiya terma jamoasini boshqara olishi mumkin. Lekin hozir terma jamoa eksperimentlar o‘tkazadigan maydon emas», – deya ta'kidladi Mutko.

Top