10:25 / 31.07.2015
3146

Qoraqalpog‘istonda qo‘shnisining eng katta qo‘chqorini o‘g‘irlagan shaxs qo‘lga olindi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Qorao‘zak tumanida yashovchi Janaboy ismli shaxs o‘z qo‘shnisi Niyatboy ismli shaxsning qo‘toniga o‘g‘rilikka tushgani uchun hibs etildi.

Ma'lum qilinishicha, u o‘z tanishi Mahaddiyor bilan til biriktirib, qo‘shnisining 40ta qo‘yidan eng yirigini olib ketish uchun yarim tun mahalida o‘g‘rilik sodir etgan.

Jinoyatchilar qo‘chqorni so‘yishib, tumandagi do‘konlardan biriga pullash uchun olib borishgan. Aziz ismli do‘kon egasiga ular bu qo‘y Janaboyning bobosining otaridan ekani, unga shoqol hujum qilgani uchun tezlik bilan so‘yishga to‘g‘ri kelgani haqida aytishgan va har bir kilogramm go‘sht uchun 16 ming so‘mdan pul olishgan. Do‘kondor bu qo‘yning shoqol hujumiga uchraganiga dalil sifatida so‘ragach, boshni olib kelish uchun ketgan o‘g‘rilar ortlariga qaytmaydi va Aziz militsiyaga murojaat qiladi.

"Na postu" gazetasida yozilishicha, bu vaqtda Niyatboy ham o‘z qo‘ylaridan biri yo‘qolgani haqida militsiyaga xabar qilgan. Huquq-tartibot xizmati xodimlari bu ikki murojaatda bog‘liqlik borligini payqashgan va jinoyatchilarni qo‘lga olishgan.

Top