11:50 / 31.07.2015
5644

Qoraqalpog‘istonlik firibgar telefon orqali folbinlik qilish xizmatini yo‘lga qo‘ygani ma'lum bo‘ldi

Qoraqalpog‘istonning Beruniy tumanida yashovchi shaxs odamlarni aldab pul ishlashning o‘zgacha usulini o‘ylab topgani ma'lum bo‘ldi.

Xabar qilinishicha, u odamlarni masofadan turib, taqdirni bashorat qila olishiga ishontirgan.

Bunda u paynet orqali o‘z hisobiga 7 ming so‘m to‘lanishi va ism hamda tug‘ilgan yil haqidagi ma'lumotlarni olish evaziga kelajakni bashorat qilishni yo‘lga qo‘ygan. Ushbu firibgar kunning ma'lum vaqtlaridagina (19:00dan 20:00gacha) xizmat ko‘rsatgan.

O‘zbekiston ilmiy meditsina akademiyasi vakili Muhammadjon Hamroyevning qayd etishicha, bugungi kunda bunday firibgarlar tibbiyot va ilm-fan yutuqlaridan foydalangan holda odamlarning pulini shilishmoqda.

"Aqlga sig‘maydi. Qanday qilib, telefon orqali taqdirni bashorat qilish mumkin? Afsuski, bunday firibgar-folbinlar hamda tabiblarning soni ortmoqda. Toshkent shahrining o‘zida 800 nafar shunday firibgar borligi aniqlangan", deydi Hamroyev.

Top