17:41 / 31.07.2015
2250

Rossiya va Turkiya gazni chegirma qilish bo‘yicha kelishuvga erishdi

Rossiyaning «Gazprom» va Turkiyaning Botas kompaniyalari gazni chegirma qilish bo‘yicha kelishuvga erishdi. Bu haqda Rossiya energetika vaziri Aleksandr Novakning so‘zlariga asoslanib TASS nashri xabar tarqatdi.

Vazirning so‘zlariga ko‘ra, chegirma miqdori 10,25 foizni tashkil qiladi.

«Bizdagi xabarlarga ko‘ra, «Gazprom» va Botas o‘rtasidagi gaz chegirmasi bo‘yicha kelishuvga erishildi. Chegirma miqdori 10,25 foizni tashkil qiladi», — deydi Novak.

Top