21:11 / 31.07.2015
3412

Toshkentda avtobus ichida 100 ming so‘m o‘g‘irlab ketildi

Toshkent shahrida harakatlanuvchi yo‘lovchi avtobuslaridan birida kissavur tomonidan 100 ming so‘m pul o‘g‘irlab ketildi. Bu haqda “Ogoh” nashri yozmoqda.
Aytilishicha, 1968 yili tug‘ilgan, muqaddam to‘rt marotaba sudlangan Andrey Malenkov ichkilikka mukkasidan ketgan. Aynan ichkilikka pul topish uchun u o‘g‘irlikka qo‘l urgan.
Dastlab bozorda Shoira ismli ayolni kuzatib, unda pul borligini aniqlagan. So‘ng u bilan birga avtobusga chiqib, yonidagi 105 ming so‘m pulni o‘g‘irlab ketgan.
Avtobusdan tushish paytida Shoira pullarning yo‘qolganligini aniqlab, IIBga murojaat qilingan. O‘tkazilgan tezkor tadbir natijasida jinoyatchi qo‘lga olingan.

Top