13:30 / 31.07.2015
2879

Toshkentda mashina ichidan 3 mln so‘m va telefonlar o‘g‘irlab ketildi

Toshkentda mashina ichidan 3 mln so‘m va telefonlar o‘g‘irlab ketildi. Bu haqda IIV matbuot xizmati xabar bermoqda.
Toshkentlik Jasur ismli 1993 yili tug‘ilgan yigit IIBga murojaat qilib, uning avtomobilidan 3 mln so‘m hamda iPhone va Nokia telefonlari o‘g‘irlab ketilganligini aytdi. O‘tkazilgan tezkor tadbir davomida ushbu jinoyatni sodir etgan, 1991 yili tug‘ilgan Akrom ismli yigit qo‘lga olindi. Qimmatliklar egasiga qaytarildi.

Top