16:43 / 31.07.2015
5626

UMS operatori qo‘shimcha xizmatlari ham 1 avgust kuni ishlamaydi

1 avgust kuni 08:30 dan 13:30 ga qadar UMS kompaniyasi o‘zining qo‘shimcha xizmatlarini vaqtinchalik o‘chiradi. Bu haqda kompaniya rasmiy sayti xabar tarqatdi.

«O‘zbekiston Respublikasi telekommunikatsiya tarmoqlarida olib boriladigan profilaktika munosabati bilan 2015 yil 1 avgust kuni soat 08:30 dan 13:30 gacha SMS, MMS, va Internet xizmatlari vaqtinchalik to‘xtatiladi. Ovozli qo‘ng‘iroqlar odatiy ravishda ish faoliyatini davom ettiradi», deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq «Bilayn» va «Yusell» kompaniyalari qo‘shimcha xizmatlardagi vaqtinchalik uzilishlar haqida xabar bergandi.

Ma'lumot o‘rnida ta'kidlab o‘tish joiz, 1 avgust kuni O‘zbekistondagi barcha oliy o‘quv yurtlariga kirish uchun test imtihonlari bo‘lib o‘tadi.

Top