20:04 / 31.07.2015
5386

Yaponiya shimolida bortida 94 nafar yo‘lovchisi bo‘lgan parom yonmoqda

Yaponiyaning shimoliy oroli – Xokkaydodagi Tomakomay port shahridan 50 km uzoqlikda okeanda “Sunflower DT” nomli yo‘lovchi paromi yonmoqda. Bu haqda Yaponiya sohilbo‘yi qo‘riqlash xizmatining mintaqaviy bo‘limi xabar bermoqda.

Olingan ma'lumotlarga ko‘ra, parom bortida 94 kishi, jumladan 71 yo‘lovchi bor. Parom ekipajining bir a'zosi bedarak yo‘qolgan. Hozircha boshqa ma'lumotlar berilmagan.

Voqea joyiga Yaponiya sohilbo‘yi qo‘riqlash xizmatining kemalari hamda yaqin orada bo‘lgan boshqa kemalar yordam bergani yo‘nalmoqdalar.

Yong‘in sabablari ma'lum qilinmagan, biroq yong‘in paromning avtomobillar tashish uchun mo‘ljallangan palubasida boshlangani aytilmoqda. Dastlab kema ekipaji yong‘inni o‘z kuchi bilan o‘chirishga harakat qilgan, biroq keyinroq yo‘lovchilarni evakuatsiya qilishga qaror qilingan.

Parom 11401 tonna suv sig‘imiga ega bo‘lib, 154 nafar yo‘lovchi va 160 ta avtomobil tashiy oladi.

Top