21:02 / 31.07.2015
2491

Yashnobodda qo‘shnisining 20 gr tilla taqinchog‘ini aldov yo‘li bilan olib qo‘ygan qallob qo‘lga olindi

Toshkent shahrining Yashnobod tumanida qo‘shnisining 20 gr tilla taqinchog‘ini aldov yo‘li bilan olib qo‘ygan qallob qo‘lga olindi. Bu haqda “Ogoh” gazetasi xabar bermoqda.
Aytilishicha, Halim Temirov Matiz rusumli avtomobil sotib olib, qarzga kirib qolgan. Shu bois u qizi Nilufarning 20 gr tilla zanjirini sotishga qaror qilgan. Taqinchoqni sotib berish uchun u qo‘shnisining o‘g‘li Samir Valiyevdan yordam so‘ragan. Ammo Samir Valiyev qimmatlikka o‘zi ega chiqish uchun do‘stlari Murod Valiyev va Shuhrat G‘aniyevlar bilan reja tuzgan.
U “xaridor topdim” deb Temirovni do‘stlarining oldiga olib borgan. Ammo buyumni ko‘rish paytida do‘stlari to‘satdan uni egasiga qaytarmasdan qochib ketishgan. Samir o‘zini bilmaslikka olgan.
Temirov darhol tuman IIBga murojaat qilgan. Guvohlarning ko‘rsatmalarini solishtirish natijasida uch yigit reja tuzib, Temirovni chuv tushirishga uringani aniqlangan. Qimmatlik egasiga qaytarilib, jinoyatchilar javobgarlikka tortilgan.

Top