Facebook asoschisi Mark Tsukerberg rafiqasi bilan yaqin orada qiz farzand ko‘rishini ma'lum qildi. Bu haqda u feysbukdagi sahifasida yozdi.
“Pristsilla va men ajoyib yangilikni ma'lum qilmoqchimiz: biz qiz farzand kutmoqdamiz!”, deyilmoqda xabarda.
Tsukerbergning aytishicha, uning farzandli bo‘lishi hayotidagi yangi sahifani boshlaydi.
Tsukerberg ancha yillar davomida ishqiy munosabatlarda bo‘lgan ma'shuqasi Pristsilla Changa 2012 yil 19 mayda uylangan.