00:18 / 01.08.2015
4069

Facebook asoschisi Mark Tsukerberg rafiqasi bilan qiz farzand kutayotganini ma'lum qildi

Facebook asoschisi Mark Tsukerberg rafiqasi bilan yaqin orada qiz farzand ko‘rishini ma'lum qildi. Bu haqda u feysbukdagi sahifasida yozdi.

“Pristsilla va men ajoyib yangilikni ma'lum qilmoqchimiz: biz qiz farzand kutmoqdamiz!”, deyilmoqda xabarda.

Tsukerbergning aytishicha, uning farzandli bo‘lishi hayotidagi yangi sahifani boshlaydi.

Tsukerberg ancha yillar davomida ishqiy munosabatlarda bo‘lgan ma'shuqasi Pristsilla Changa 2012 yil 19 mayda uylangan.

Top