09:23 / 02.08.2015
1972

Dog‘iston qishloqlaridan birida yirik yong‘in sodir bo‘ldi

Rossiyaning Dog‘iston o‘lkasidagi Tsexok qishlog‘ida oltita uyga o‘t ketdi. Bu haqda Interfaks agentligi xabar bermoqda.
“Qishloqda bir uyda yong‘in bo‘ldi, olov qo‘shni uylarga o‘tdi, natijada hozir oltita uy yonmoqda”, – deb ma'lumot berdi mintaqaning favqulodda xizmatlari.
Yong‘inda hech kim zararlanmadi, odamlar vaqtida evakuatsiya qilindi. Qutqaruvchilar olovni o‘chirishga harakat qilmoqda.

Top