03:08 / 02.08.2015
2608

Germaniyalik afsonaviy futbolchi Frants Bekkenbauerning o‘g‘li vafot etdi

Germaniyalik afsonaviy futbolchi Frants Bekkenbauerning 46 yoshli o‘g‘li Shtefan Bekkenbauer vafot etdi, deb xabar bermoqda Bild nashri.

Nashrning ma'lumotlariga ko‘ra, Shtefan Bekkenbauerning barvaqt o‘limiga bosh miyasidagi o‘simta sabab bo‘lgan.

Jahon va Yevropa chempioni Frants “Kayzer” Bekkenbauerning o‘g‘li uzoq vaqt davomida “Bavariya”da murabbiylik faoliyati bilan shug‘ullanib kelgan. Bundan tashqari, u o‘z vaqtida professional futbolchi sifatida “Myunxen-1860” va “Saarbryukken” jamoalarida to‘p surgan, biroq tizzasidan jarohat olgandan keyin 29 yoshida sport faoliyatini yakunlashga majbur bo‘lgan.

Top