23:13 / 02.08.2015
3368

Kononov: Odil Ahmedovning asosiy tarkibda yo‘qligi raqobat va uning jismoniy tayyorgarligi bilan bog‘liq bo‘lmoqda

O‘zbekistonlik futbolchi Odil Ahmedov to‘p suradigan “Krasnodar” klubining bosh murabbiyi Oleg Kononov Ahmedov nima uchun ikkinchi o‘yinda ketma-ket o‘yinni zaxira o‘rindig‘ida boshlashiga to‘g‘ri kelayotganiga izoh berdi.
“Ahmedovning asosiy tarkibda o‘yinga tushmayotgani birinchi navbatda jamoadagi raqobat bilan bog‘liq. Bundan tashqari, Odil yetarlicha jismoniy tayyorgarlikda emas. U zich mavsumni o‘tkazdi, terma jamoa safida ko‘p uchrashuv o‘tkazdi, klubda esa deyarli almashtirishsiz o‘ynadi. Albatta, bu o‘z ta'sirini ko‘rsatadi”, deb aytdi Kononov “Nash futbol” telekanali efirida.

Qayd etish joizki, Ahmedov 2 avgustda Rossiya premer-ligasining 3-turida mehmonda “Rostov” bilan uchrashuvda “Krasnodar”ning asosiy takribida o‘yinga tushdi. Uning o‘rniga uchrashuvning birinchi daqiqalaridan Maurisio Pereyra o‘ynashi kutilgandi.

Top