10:08 / 02.08.2015
8885

Samarqand arxitektura institutining prorektori abituriyentdan pora olish ustida qo‘lga olindi

Samarqand davlat arxitektura qurilish instituti qabul komissiyasining mas'ul kotibi, institutning ma'naviy va ma'rifiy ishlar bo‘yicha prorektori G‘ayrat Yaxshiboyev abituriyentdan katta miqdorda pul olish chog‘ida huquqni muhofaza qiluvchi organlar vakillari tomonidan qo‘lga olindi. Bu haqda samarqandlik jurnalist Toshpo‘lat Rahmatullayev yozmoqda.
Aytilishicha, u qabul komissiyasi a'zosi, institut kasaba uyushmasi raisi Muzaffar Mahammatov bilan sheriklikda abituriyent qizga o‘qishga kiritib qo‘yishni va'da qilib, katta miqdorda pul olgan.
Rahmatullayevning yozishicha, Bashorat ismli abituriyent 2009 yildan buyon 7 marta imtihondan yiqilgan, shu bois bunday ishga qo‘l urgan. G‘ayrat Yaxshiboyev undan 4 ming dollar so‘ragan, pullarni esa Mahammatov olishi kerak bo‘lgan. Ammo Bashoratning buncha pul bo‘lmagani uchun u huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilgan.
“Men singlim Mastura bilan pullarni Mahammatovning kabinetiga olib keldim. 4 ming dollar olish paytida u qo‘lga olindi”, – deydi qiz.

Top