19:17 / 02.08.2015
3276

Xitoyda do‘l natijasida 6 kishi halok bo‘ldi, 43 ming kishi aziyat chekdi

XXRning Ichki Mo‘g‘uliston muxtor tumanida oxirgi bir necha kun mobaynida do‘ldan 6 kishi halok bo‘ldi va 43 ming kishi jabrlandi. Bu haqda Xitoy markaziy televideniyesi axborot berdi.
Aytilishicha, 8.8 ming ga hududga ega qishloq xo‘jaligi yerlari zarar ko‘rgan. Mahalliy hokimiyat organlari 200 kishini evakuatsiya qilgan.
Yetkazilgan moddiy zarar 62 mln yuanga (9.98 mln dollar) baholanmoqda.
Tumanga qutqaruvchilar yuborilgan.

Top