10:41 / 03.08.2015
4829

2015 yilda O‘zbekistonda brakonerlardan 138ta ov qurollari va 1128ta to‘r olib qo‘yilgan

2015 yilning 29 iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi faoliyatining birinchi yarim yillik yakunlariga bag‘ishlangan hay'at yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Unda O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining 2015 yil birinchi yarim yillik davomida atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasidagi qonunchilikka rioya qilinishi ustidan davlat nazoratini ta'minlash bo‘yicha maqsadga yo‘naltirilgan ishlar keng muhokama qilindi. Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Agrar, suv xo‘jaligi masalalari va ekologiya qo‘mitasi a'zolari, hududiy qo‘mitalar, tuzilmaviy bo‘linmalar, ilmiy ishlab chiqarish institutlari rahbarlari ishtirok etishdi.

Yig‘ilishda ta'kidlanganishicha, 2015 yilda xo‘jalik yurituvchi sub'yektlarni tekshirishlar reja-jadvaliga muvofiq 2015 yil 1-yarim yillikda 432 ta nazoratdagi obektlarda tekshirish o‘tkazildi.

151 ming 506 ta atrof muhitni ifloslantiruvchi manbalar asbob usuli bilan tekshirildi va 8270 ta manbalarda ifloslantiruvchi moddalarni atrof muhitga o‘rnatilgan normativdan ortiq chiqarish, tashlash holatlari aniqlandi.

Tabiatni muhofaza qilish qonunchiligini buzganlik uchun 11,3 mingdan ortiq mansabdor shaxs va fuqarolarga, atrof muhitga yetkazilgan zarar uchun 1998,3 mln.so‘m ma'muriy jarima va da'volar solindi, shundan 1804,3 mln.so‘mi undirildi.

Shuningdek, brakonerlardan 138ta ov qurollari va 1128ta to‘rlar olib qo‘yilgan.

Top