09:29 / 03.08.2015
3783

Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi faoliyatining birinchi yarim yillik yakunlariga bag‘ishlangan Hay'at yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi faoliyatining birinchi yarim yillik yakunlariga bag‘ishlangan Hay'at yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Ma'lum qilinishicha, 2015 yilning birinchi yarmida Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tomonidan O‘zbekistonda yovvoyi hayvonlarni ovlash uchun 135ta ruxsatnoma berilgan.

Hisobot davrida yovvoyi hayvonlarni ovlash uchun 135ta, yovvoyi hayvonlarni O‘zbekiston Respublikasiga olib kirish va uning tashqarisiga olib chiqish bo‘yicha 334ta, shu jumladan, CITES Konventsiyasi bo‘yicha 146 ta, o‘simlik dunyosi bo‘yicha dorivor, oziq-ovqat va texnik o‘simliklarni yig‘ish va tayyorlashga 138 ta, shuningdek yovvoyi holda o‘suvchi o‘simliklar va ularning qismlarini respublikadan tashqariga olib chiqishga 140 ta hamda respublikaga olib kirishga 7ta ruxsatnomalar berilgan.

Bundan tashqari, brakonerlardan 138ta ov qurollari va 1128ta to‘rlar olib qo‘yildi. 

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning sentabr oyida O‘zbekistonga Dubay amiri Muhammad ibn Rashid al-Maqtum hamda BAA taxti vorisi shayx Hamdon Muhammad al-Maqtum tashrif buyurishgan, ov qilish ularning sevimli mashg‘uloti ekani qayd etib o‘tilgandi.

Top