12:18 / 03.08.2015
2047

Inesta "Fiorentina" bilan o‘yindagi jarohati tufayli Yevropa Superkubogi o‘yinini o‘tkazib yuborishi mumkin

"Barselona" klubi yarim himoyachisi Andres Inesta "Fiorentina"ga qarshi kechgan Xalqaro chempionlar kubogi o‘yinida kichik jarohat olgandi. 31 yoshli futbolchi birinchi taym vaqtida jarohat olgan va tanaffus vaqtida almashtirilgandi.

Luis Enrike futbolchining jarohati jiddiy emasligi haqida aytgan.

Shifokorlar Inestani bugun chuqur tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishadi.

Shu tariqa u Yevropa Superkubogi uchun "Sevilya"ga qarshi (11 avgust) hamda Joan Gamper kubogi uchun "Roma"ga qarshi o‘yinlarni (5 avgust) o‘tkazib yuborishi mumkin.

Top