09:51 / 03.08.2015
3567

Joze Mourino: Kimdir men bilan so‘rashmasa, bu fojia emas

"Chelsi" jamoasi bosh murabbiyi Joze Mourino Angliya Superkubogi uchun o‘tkazilgan o‘yindan keyin o‘zi bilan Arsen Vengerning salomlashmaganiga munosabatini bildirib o‘tdi.

"Hamma ko‘rdi. Hamma men o‘sha vaqtda qayerda turganimni ko‘rdi. Men kerakli joyda g‘olibni tabriklash uchun kutib turgandim. Venger meni payqamasligi mumkin emasdi. Lekin u meni payqashni istamadi.

"Arsenal" jamoasi futbolchilarining har biri oldimga kelib, men bilan qo‘l siqishishdi. Agar kimdir kelmagan bo‘lsa, bu men uchun muammo emas, hali qiyomat bo‘layotgani yo‘q", deydi portugaliyalik mutaxassis.

Eslatib o‘tamiz, Mourino bu o‘yin arafasida "Arsenal"ga mag‘lub bo‘linsa, bundan fojia yasamasligi haqida aytib o‘tgandi.

Top