17:57 / 03.08.2015
2790

Malayziya aksilkorrupsiya boshqarmasi bosh vazir hisobida 700 mln dollar borligini tasdiqladi

Malayziya aksilkorrupsiya boshqarmasi mamlakat bosh vaziri Najib Razzoqning bank hisoblariga 700 mln dollar o‘tkazilganligini tasdiqladi. Ammo, idoraning xabar qilishicha, pullar 1MDB investitsion jamg‘armasidan emas, homiylardan kelib tushgan.
Ta'kidlanishicha, bu boradagi axborot bosh prokuraturaga yetkazilgan.

Eslatib o‘tamiz, The Wall Street Journal nashri Razzoqni yirik miqdorda pora olishda ayblagan edi. Shundan muxolif nashrlar bu masalani qizg‘in muhokama qilib, u investitsion jamg‘armadan 700 mln dollar olganligini yozib chiqishgan edi.
Ayni paytda aksilkorrupsiya boshqarmasi 1 mlrd dollar miqdoridagi jamg‘arma pullarini yuvishda ayblanayotgan kompaniyani tekshiruvdan o‘tkazmoqda.

Top