10:36 / 03.08.2015
7252

O‘zbekistonda muzlamaga qarshi yangi vosita ishlab chiqildi

“O‘zavtoyo‘l” DAK avtomobil yo‘llari ilmiy-tadqiqot institutida ekologik xavfsiz aksilmuzlama reagenti ishlab chiqildi. Bu haqda kompaniyaning matbuot xizmati xabar bermoqda.
“Maksam-Chirchiq” AJ bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan vosita 2014 yili institutda sinovdan o‘tkazildi. Reagentning yo‘l sinovlari 2015 yilning 21 fevral va 10 mart kunlari Toshkent-O‘sh yo‘lining Qamchiq dovonidan o‘tgan A-373 uchastkasida o‘tkazildi.
Shuningdek, institut xodimlari vositani respublika yo‘llarida qo‘llash bo‘yicha metodik tavsiyalar ishlab chiqishdi.
Modda karbamid hamda kalsiy va magniy nitratlaridan iborat. U yo‘l qoplamasiga zarar yetkazmaydi va qish sharoitlarida yo‘l harakati xavfsizligini ta'minlashda muhim ahamiyat kasb etishi mumkin.

Top