10:15 / 03.08.2015
15407

Ronaldu: FIFAga ham, Qatarga ham tupurdim

Madridning “Real” jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronalduga muxbirlar tomonidan FIFAdagi korruptsion janjal va Qatardagi jahon chempionati haqida savol berilganida, uning jahli chiqib ketdi. Sportchi ushbu mavzular uni mutlaqo qiziqtirmasligini bildirdi.
“FIFAga ham, Qatarga ham tupurdim! Tupurdim! FIFA haqida gapirishimni istaysizmi? Bas qiling!”, – dedi u.
Eslatib o‘tamiz, may oyining oxiridan buyon FIFAda korruptsion janjal davom etmoqda. Poraxo‘rlikda ayblangan 18 nafar amaldagi va sobiq mas'ul xodimlar qo‘lga olinib, AQSh adliyasiga topshirildi. Tergov ishlari davom etmoqda.
O‘sha kunlarda yangi muddatga saylangan Yozef Blatter prezidentlikni tark etishga majbur bo‘ldi. Yangi saylovlar yil oxirida o‘tkazilishi kutilmoqda.

Top