11:44 / 03.08.2015
3969

Rossiyaning Nalchik shahrida jangarilar bilan otishma sodir bo‘ldi

Rossiyaning Nalchik shahrida huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari va jangarilar o‘rtasida otishma sodir bo‘ldi. Bu haqda Kabardin-Bolqor respublikasi huquq-tartibot organlariga tayangan holda RIA Novosti agentligi xabar bermoqda.
“Aleksandrovka mittitumanidagi ko‘p qavatli uylardan birida bir guruh jangarilar o‘rnashib olganligi aniqlandi, ular huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlariga qurolli qarshilik ko‘rsatishdi. Ayni paytda otishma davom etmoqda”, – deyiladi xabarnomada.
Voqea munosabati bilan shaharning bu qismida aksilterror operatsiyasi rejimi joriy etildi.

Top