18:05 / 03.08.2015
4160

Samsung Galaxy Note 5 miroSD flesh xotiralarini qo‘llab quvvatlamaydi

Twitter ijtimoiy tarmog‘i orqali texnika olamining turli mish-mishlarini yoritib boruvchi mashhur @evleaks manbasi, 13 avguct kuni rasman namoyish etilishi kutilayotgan Galaxy Note 5 fableti haqida birmuncha ma'lumot berib o‘tdi.

Manbaning xabar berishicha, Galaxy Note 5 ham xuddi Galaxy S6 kabi microSD (flesh karta) joylashtirish uchun zarur bo‘lgan darchaga ega bo‘lmaydi. Qisqa qilib aytganda Samsung ham Apple’ning yo‘lidan borib, o‘z smartfonlaridagi xotira hajmini flesh kartalar yordamida kengaytirish imkonyatidan voz kechmoqda.
Ko‘pchilik mutaxassilarning fikricha, yangi smartfon 32 Gb doimiy xotiraga ega bo‘lishi kutilayotgani bois unga microSD kartasining keragi bo‘lmaydi.

Eslatib o‘tamiz, Galaxy Note 5 fableti juda kata tezlikda ishlovchi 32 Gb hajmdagi, yangi UFS 2.0 doimiy xotira chipi bilan jihozlananishi kutilmoqda.

Top