23:34 / 03.08.2015
6795

Shahzoda va DJ Piligrim’ning AQShdagi konserti nima sababdan qoldirilgani aytildi

Joriy yilning iyun oyida o‘zbekistonlik xonandalar Shahzoda va DJ Piligrim AQShda konsert dasturi bilan chiqish qilishlari kerak edi. Ammo konsert bekor qilindi. Bunga nima sabab bo‘lgani esa endigina ma'lum qilindi.
“Darakchi” gazetasida yozilishicha, konsert hujjatlar bilan bog‘liq ba'zi kamchiliklar sabab biroz muddatga qoldirilgan. Shunga qaramay, konsert shu paytgacha bo‘lib o‘tgani yo‘q.
“Bu boradagi surishtiruv natijasiga ko‘ra, konsert sanasi biroz surilgan va u tez orada ma'lum qilinadi”, – deb yozadi “Darakchi” gazetasining shou-biznes kolumnisti.

Top