22:56 / 03.08.2015
5998

Tojikiston yil oxirigacha O‘zbekiston oldidagi qarzini to‘liq uzishni rejalashtirmoqda

Tojikiston joriy yil oxirigacha O‘zbekiston oldidagi qarzlarini to‘liq uzishni rejalashtirmoqda.

Tojikiston moliya vazirligining ma'lum qilishicha, mamlakatning O‘zbekiston oldidagi qarzi 2015 yilning boshidagi 8,03 mln dollardan 2,99 mln dollargacha qisqardi. Xususan, joriy yilning birinchi yarmida O‘zbekiston oldidagi 5,04 mln dollarlik asosiy qarz va unga foiz sifatida 30 ming dollar to‘landi.

Tojikiston moliya vazirligi ma'lumotlariga ko‘ra, mamlakat yil oxirigacha Qozog‘iston oldidagi 610 ming dollar qarzini ham uzmoqchi.

Tojikistonning umumiy tashqi qarzi joriy yilning ikkinchi yarim yilligi boshiga 2,1 mlrd dollarni, ya'ni mamlakat YaIMning 19,5 foizini tashkil qilmoqda.

Tojikiston qarzi joriy yil boshiga nisbatan 34,6 mln dollarga qisqardi.

Tojikiston Xitoy oldida eng katta qarzga ega bo‘lib, uning miqdori 942 mln dollarni tashkil qilmoqda.

Top