16:27 / 03.08.2015
4014

Toshkent xalqaro aeroportida yangi terminal qurilishiga tayyorgarlik boshlab yuborildi

Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) va “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi hamkorlikda Toshkent-4 aeroportida yangi xalqaro yo‘lovchi terminali qurilishini rejalashtirish loyihasini ishlab chiqmoqda. Bu haqda KOICA’ning Kun.uz tahririyatiga yuborgan matbuot xabarnomasi orqali ma'lum bo‘ldi.

Shu maqsadda agentlik birlamchi tadqiqotlar olib borish, O‘zbekiston iqtisodiyot hamda tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirliklari va boshqa idoralar vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazish uchun mutaxassislar guruhini Toshkentga yubordi.

Guruh mavjud materiallarni o‘rganib chiqib, loyiha ustidagi ishlarga boshlanma berdi. 1 avgust kuni esa bu ishlar yakunlariga bag‘ishlangan yig‘ilishda loyiha bo‘yicha bayonnoma imzolandi, natijalar haqida O‘zbekiston bosh vazirining birinchi o‘rinbosari Rustam Azimovga hisobot berildi.

Top