10:22 / 03.08.2015
2694

Van Gaal «MYu» chempion bo‘la olmasligiga tezkor va ijodkor futbolchilar yetishmasligini sabab qilib ko‘rsatdi

Angliyaning «Manchester Yunayted» klubi bosh murabbiyi Lui van Gaal jamoasining mamlakat chempionligini qaytarib olishi uchun unga bir vaqtning o‘zida ham ijodkor ham tezkor futbolchilar kerak ekanini ta'kidladi.

«Biz chempionlik grafigidan ortda qolmoqdamiz. Sababi bizga hujumda ijodkorlik va tezkorlik yetishmayapti. Agar bizda yuqoridagi sifatlarga ega bo‘lgan futbolchilar bo‘lganida titulni yutib olish uchun bizda barcha imkoniyatlar mavjud bo‘lardi. Shunchaki boshqa jamoalar bilan taqqoslab ko‘ring.

«Barselona» Neymar va Messisiz qolgan paytda ularda tezkorlik va ijodkorlik qobiliyati mavjud bo‘lgan Pedro bor. «Bavariya»da Robben va Riberi to‘p suradi. Ammo bu futbolchilar yo‘q bo‘lgan paytlarda ular Myullerga ishonishlari mumkin. «Chelsi»da Azar, Villian, Oskar bor. — Ularning barchasi yuqori tezlikka ega va o‘z ishining ustalari. Ha, Eshli Yang ajoyib mavsum o‘tkazganini eslashimiz mumkin. Xuan Matani ham. Ammo ularda, Azar va Robbenni boshqalardan ajratib turadigan yovvoyi tezligi yo‘q. Biz mana shu tarafdan jamoani kuchaytirishimiz kerak», — deya Van Gaalning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda The Daily Mail nashri.

Top